Bog'ot tuman olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati sobiq o'quvchisi hozirgi kunda dzyudo bo'yicha trener, Fransiyaning Parij shahrida bo'lib o'tgan paralimpiya-2024 o'yinlarida paradzyudo bo'yicha bronza medali sohibi Quranboyev Uchqunbek Umirbekovich maktab-internat hodimlari, sportchi o'quvchilar bilan birgalikda tantanali ravishda kutib olindi.Tadbir davomida tuman hokimi Jaxongir Nazarov hamda maktab-internat direktori Beknazar Tojiyevlar Uchqun Quronboyevdek Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari faoliyatini targʻib qilish, ularning namunasida yosh sportchilarni tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratilayotgani haqida so‘z yuritdi hamda ushbu maktab-internatida tahsil oluvchi o‘quvchilarni Uchqunbek singari yuqori malakali trener va mutaxassislardan ta’lim olib, mahoratlarini muntazam oshirib borishlari zarurligini ta’kidlab o'tdilar.