



Yosh avlodni maʼnan yetuk,tafakkur olami keng va bilimli insonlar etib tarbiyalayotgan oʻqituvchi muallimlar timsolida ,ertangi kunimizning porloq kelajagi oʻgʻil-qizlarimiz baxtini koʻramiz.Qalbi ezguliklarga yoʻgʻrilgan Aziz ustozlar,mehri daryo muallimlar!Barchangizni "1-oktabr-Ustoz va murabbiylar kuni"bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.Sizning yuksak masʼuliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatlaringizda zafarlar,oilaviy hayotingizda esa baxt,omad yor boʻlishini tilab qolamiz.💐💐💐💐
Ayni damda Bogʻot tumani Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining butun Ustozlar va Murabbiylar jamoasi Ulugʻ ayyomlari yaʼni "1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni"munosabati bilan Xorazm viloyati Sport boshqarmasi,Bogʻot tumani xokimligi va Maktab maʼmuriyati "Tashakkurnoma"lari va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.Sportchi yoshlarni tarbiyalashdagi ulkan va mashaqqatli mehnatlaringizda metin iroda va omadlar tilab qolamiz.🌹🌹🌹🌹
Qalbingizda doim ilm porlaydi
Goʻyo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorugʻ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz ,aziz muallim.