Xorazm viloyati, Bog'ot t, Oltinqum shaharchasi Sobitqadam 3-tor k, 14-uy

Dastlab, o'rganish ishlari Futbol akademiyasidan boshlandi. Yangidan foydalanishga topshirilgan muassasada 154 nafar yoshlar futbol bilan muntazam shug’ullanmoqda. Mazkur akademiyaning yopiq inshooti qurilishi bilan tanishilar ekan, quruvchi tashkilot vakiliga loyihada ko’rsatilgan ishlarni sifatli bajarish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Yengil atletika va tennisga ixtisoslashtirilgan sport maktabining zamonaviy binosi, o‘yin maydonining holati o‘rganib chiqildi. Tennis majmuasida jihozlash ishlarini yakuniga yetkazish, binoni tez fursatda foydalanishga topshirish zarurligi ta’kidlandi. 
Sport vaziri viloyat olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga qarashli majmuada ham bo’ldi. Viloyat yakka kurash sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabida sportning karate WKF turi bo’yicha o’tkazilayotgan musobaqani kuzatib bordi. 
Shuningdek, 2-son sport maktabi faoliyati bilan tanishildi. Mazkur maktabda shug’ullanayotgan badiiy gimnastikachi Vilana Svadyan bilan uchrashib, sportchining Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanganini yana bir bor e’tirof etdi hamda unga muvaffaqiyat tiladi. 
 Shuningdek, vazir tomonidan professional sportchilarni tayyorlashda murabbiylarning alohida hissasi borligi va bu borada Samarqand tajribasini ommalashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Bog'ot t, Oltinqum shaharchasi Sobitqadam 3-tor k, 14-uy
  • +998 (62) 315-81-27
  • info@bogot-sport.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Manzili