Xorazm viloyati, Bog'ot t, Oltinqum shaharchasi Sobitqadam 3-tor k, 14-uy

Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida joylashgan “Jamoaviy sport turlari” sport majmuasida yoshlar o‘rtasida 5-marotaba o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi va Paralimpiadasi” loyihalarining 2026-yilgi mavsumi tantanali ravishda ochildi.

Tadbirda mahalla yettiligi vakillari, avvalgi mavsum g‘olib va sovrindorlari, yoshlar, oliy ta’lim muassasalari talabalari, umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari, taniqli sportchilar hamda hamkor vazirlik va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Xorazm viloyati yoshlari ham ochilish marosimida faol qatnashib, jamoaviy ruh va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.

Marosim davomida O‘zbekistonning 14 hududi onlayn tarzda ulanib, tadbirni bir vaqtning o‘zida kuzatdi.

Shuningdek, ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida Sport vazirligi tomonidan ajratilgan sport jihozlari jamlanmalari tantanali ravishda topshirildi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Bog'ot t, Oltinqum shaharchasi Sobitqadam 3-tor k, 14-uy
  • +998 (62) 315-81-27
  • info@bogot-sport.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yil dasturi

Manzili