Xorazm viloyati, Bog'ot t, Oltinqum shaharchasi Sobitqadam 3-tor k, 14-uy

Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom tanda — sifatli ta’lim” shiori ostidagi Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalarining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqalarda ishtirokchilar mini-futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va voleybol sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashib, g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Yakunda musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Sport vazirligi tomonidan ta’sis etilgan sport ekipirovkalari topshirildi. Shuningdek, musobaqaning mutlaq g‘olib jamoasi 30 million so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

Mazkur sport tadbiri pedagog va ta’lim sohasi xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va ommaviy sport harakatlarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Bog'ot t, Oltinqum shaharchasi Sobitqadam 3-tor k, 14-uy
  • +998 (62) 315-81-27
  • info@bogot-sport.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Yil dasturi

Manzili