Xorazm viloyati, Bog'ot t, Oltinqum shaharchasi Sobitqadam 3-tor k, 14-uy

  • Yangiliklar
  • 18-04-2026, 11:37

Besh tashabbus Paralimpiadasi

Mahallalardagi nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Besh tashabbus Paralimpiadasi” sport musobaqalarining tuman bosqichi bahslari bo‘lib o‘tdi. Tumanimizning barcha hududlarida istiqomat qiluvchi, nogironligi bo‘lgan 18 yoshdan katta ishtirokchilar qatnashgan bahslarda, sportsevarlar o‘zlarining irodasi, matonati hamda sportga bo‘lgan yuksak muhabbatlarini namoyon etib, 10 ta para sport yo‘nalishida bellashdilar.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar tuman hokimi Jahongir Nazarov tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tuman rahbari g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘l olgan ishtirokchilarga kelgusidagi musobaqalarda tumanimiz sharafini munosib himoya qilishni tiladi.

Ma’lumot uchun, mazkur musobaqalardan ko‘zlangan asosiy maqsad paralimpiya terma jamoalari uchun kuchli zaxira sportchilarini yetishtirish barobarida nogironligi boʻlgan yurtdoshlarimizning sport bilan shugʻullanishlari uchun kengroq imkoniyatlar yaratishdir.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Bog'ot t, Oltinqum shaharchasi Sobitqadam 3-tor k, 14-uy
  • +998 (62) 315-81-27
  • info@bogot-sport.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Yil dasturi

Manzili